Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston don va un eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi
Ayni paytda, mamlakatda chorva mollarini olib chiqish uchun kvotalar joriy etilmoqda.
Qozog‘iston don va un eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash hamda qoramol va mayda shoxli chorva eksporti uchun kvota belgilashga qaror qildi, deya xabar bermoqda «Interfaks» mamlakat bosh vaziri saytiga tayanib.
Tegishli qaror chorshanba kuni Qozog‘istonning tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT)da ishtirok etish bo‘yicha idoralararo komissiyasi yig‘ilishida qabul qilindi.
«Joriy yilda 13 million tonnadan ortiq bug‘doy hosili kutilyapti, bu o‘tgan yildan 12 foizga ko‘pdir. Ichki iste’mol uchun taxminan 6,5 million tonna talab qilinadi. Bug‘doy va meslin, bug‘doy unini eksport qilish bo‘yicha miqdoriy cheklovlar (kvotalar)ni bekor qilish maqsadga muvofiq. Har tomonlama muhokama yakunlari bo‘yicha 2022 yil 10 sentabrdan boshlab don va un eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi xabarda.
Xabar berilishicha, ushbu cheklov Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i bilan 2022 yil 8 iyuldan 30 sentabrgacha bo‘lgan muddatga kiritilgan.
Yig‘ilishda nasldor chorva mollaridan tashqari, yirik qoramol va mayda shoxli chorvani eksport qilishda miqdoriy cheklovlar (kvota) belgilash ham ma’qullandi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 avgust holatiga Qozog‘istonda qoramol soni 9,4 million bosh, jumladan, sigir 4,5 million bosh, naslli chorva 3,2 million boshni tashkil etgan.
«60 ming bosh yoki umumiy chorva mollarining 9 foizi, shuningdek, 120 ming yoki jami chorva mollarining 10 foizi miqdorida buzoqlarni eksport qilish uchun kvota belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi», — deyiladi matbuot xabarnomasida.
Qozog‘istonda joriy yilning 21 yanvaridan 21 iyuliga qadar qoramol va mayda shoxli chorvani olib chiqib ketish taqiqlangan edi.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
00:26 / 08.06.2026