Qosim-Jömart Töqayev Qozoğistonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarini kuzda ötkazişni taklif qildi. U özi ham saylovda iştirok etişga tayyorligini bildirdi.

Qosim-Jömart Töqayev prezidentlik uçun bitta muddat kiritişni taklif qilmoqda. U 7 yil davom etadi.

«Konstitutsiyaviy islohotda közda tutilgan barça institutsional özgarişlar yil oxirigaça qonunan hal qilib, yakunlanişi kerak», dedi u. 

Bundan taşqari, Töqayev yanvardagi tartibsizliklar iştirokçilariga amnistiya e’lon qildi. Bu davlatga xiyonat, terrorizm va takroriy jinoyat sodir etganlikda gumon qilinganlarga ta’sir qilmaydi.

Şuningdek, Qozoğiston rahbarining sözlariga köra, bundan buyon sud hukmi bilan korrupsionerlardan undirilgan mablağlar faqat maktablar qurilişiga sarflanadi.

Qosim-Jömart Töqayev mamlakat hukumati işiga ham alohida töxtalib ötdi. «Agar hukumat işida böşliqlar bölsa, yana aniq kadrlar böyiça qarorlar qabul qilinişi kerak böladi», dedi u. 

Qozoğiston prezidenti mamlakatdagi yangi iqtisodiy siyosat haqida gapirdi

«Iqtisodiy siyosatimizning asosiy maqsadi – fuqarolarimiz farovonligini sifatli va inklyuziv oşiriş özgarişsiz qolmoqda. Yangi iqtisodiy yönalişning ustuvor yönalişlari quyidagilardan iborat böladi: xususiy tadbirkorlik taşabbusini rağbatlantiriş, ya’ni davlat kapitalizmidan va iqtisodiyotga haddan taşqari davlat aralaşuvidan uzoqlaşiş; raqobatni rivojlantiriş, ya’ni hamma uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş; milliy daromadning adolatli taqsimlanişi», dedi u.

Töqayevning sözlariga köra, adolatli Qozoğiston qurilişi endi boşlanmoqda

«Oldinda qiyin yöl bor. Uşbu kurs qat’iydir hamda içki va taşqi xarakterdagi har qanday şaroitda davom ettiriladi. Bekorçilik va sabotaj uçun joy bölmaydi. Biz möljallangan yöldan qaytmaymiz. Birgalikda adolatli Qozoğiston quraylik», deya murojaatnomani yakunladi Qosim-Jömart Töqayev.