Fuqarolar xorijga çiqiş biometrik pasportini oliş böyiça eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki içki işlar organlariga murojaat qilişi mumkin.
Qoğoz körinişidagi ariza-anketani töldiriş amaliyotidan töliq voz keçilib, faqatgina elektron sörovnoma töldiriş mexanizmi joriy etilgan.
Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvçilar tomonidan taqdim etilişi lozim bölgan qator ma’lumotnoma va spravkalar qisqartirildi.
Xususan, 18-27 yoşdagi harbiy xizmatga majburlar uçun – harbiy guvohnoma yoki çaqiruv uçastkasida qayd etilgani haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etiş talabi bekor qilingan.
Voyaga yetmagan şaxslarga pasport oliş uçun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.
Davlat xizmatini körsatiş tegişli bosqiçlari avtomatik ravişda sms-xabar yöllaş orqali xabardor qilib boriladi, şuningdek Yagona portal yoki Davlat personallaştiriş markazi sayti orqali tekşirib oliş imkoniyati yaratiladi.
Voyaga yetmagan şaxslarga xorijga çiqiş pasporti berişda uşbu voyaga yetmagan hamrohlik qiluvçisi otasi va (yoki) onasi bölsa, ulardan hamrohlik qiluvçi notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.

















