Gazeta.uz’ning yozişiça, qonun hujjatlariga prezidentning 2022 yil 16 iyundagi qarori bilan özgartiriş kiritilgan. Rasmiy organlar va OAV pasport beriş tartibini soddalaştirgan (xususan, uni röyxatdan ötgan joyidan qat’i nazar olişga ruxsat etilgan) uşbu hujjat haqida xabar bergan, ammo yoşni 16 yoşdan 25 yoşgaça oşiriş bandi e’tibordan çetda qolgan.

Pasport oliş böyiça aksariyat saytlar, jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida hamon eski ma’lumotlar mavjud. 1 yoşgaça bölgan bolalar uçun pasport hali ham 2 yil muddatga beriladi.

2022 yilning noyabr oyidan boşlab davlat xizmatlari portalida pasport beriş xizmatlarini körsatiş vaqtinça töxtatilgandi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazining xati asos qilib olingan.

«Xorijga çiqiş pasportini oliş uçun murojaat qilgan ayrim özbekistonliklarning bildirişiça, 22−23 yoşgaça bölgan har ikki jinsdagi fuqarolar bilan terrorizmga qarşi kuraş bölimi vakili va mahalladagi uçastka inspektori suhbat ötkazgan», deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinişiça, yoşlardan çetga çiqiş maqsadi va xorijda qoliş muddati, ota-onalarning sayohat haqida xabardorligi söraladi. Ba’zilar röyxatdan ötiş joyida yoşlar bilan işlaş taşkilotidan ma’lumotnoma söraşganini aytgan.