Özbekiston TIV Afğonistonning Hirot şahrida tinç aholi orasida köplab insonlarning qurbon bölişi va jarohatlanişiga sabab bölgan teraktni qat’iy qoraladi.

«Bu kabi qabih harakatlar Afğonistondagi vaziyatning keskinlaşişiga olib kelişi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinçlik hamda milliy totuvlikning örnatilişiga tösqinlik qiladi.

Halok bölganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning soğayib ketişini tilaymiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Afğonistonning Hirot şahridagi «Guzargoh» masjidida 2 sentabr kuni juma namozi paytida terrorçilik harakati sodir etilgandi. Hujum natijasida 29 kişi halok bölib, önlab kişilar jarohatlangan. Terakt IŞID tarafdorlari tomonidan amalga oşirilgan.