Turkmaniston hukumati Turkiyadan o‘z fuqarolari uchun vaqtinchalik viza rejimini joriy etishni so‘radi. Bu haqda Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Turkmaniston fuqarolarining Turkiya Respublikasida bo‘lib turishi qoidalarini takomillashtirish va tizimli asosda yuritish maqsadida Turkmaniston tomoni Turkiyaga Turkmaniston fuqarolari uchun vaqtinchalik asosda turli toifadagi vizalar rejimini joriy etishni so‘rab murojaat qildi»,— deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ilgari Turkmaniston fuqarolari Turkiyada turistik maqsadlarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin edi.