“Davlat boşqaruvi” kanali xabariga köra, Şuhrat Jöraquloviç Teşayev qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Xabarda uning boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimini tark etgani aytiladi, biroq yangi xizmat joyi haqida ma’lumot berilmagan.

Şuhrat Teşayev 1969 yil Buxoro viloyatida tuğilgan. 1993 yilda Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan, ma’lumoti böyiça mutaxassisligi: olim-agronom. U qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor hisoblanadi.

Ş.Teşayev mehnat faoliyati davomida «Paxta» ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi boş direktori, qişloq va suv xöjaligi vazirining agrotexnologiya masalalari böyiça birinçi örinbosari sifatida işlagan.
 
2014-2016 yillarda Özbekiston qişloq va suv xöjaligi vaziri bölgan. 2016-2018 yillarda qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari – Qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazi boş direktori, 2018-2019 yillarda Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida xizmat qilgan.

U 2019 yil 26 fevraldan beri Özbekiston qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.