Oliy ta’lim vazirligi xodimlari «uy bozor»ga borib, 50 ga yaqin talabani ijara uyiga joylashtirdi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi markaz mas’ullari tomonidan 50 nafarga yaqin talaba ijara uylariga joylashtirildi.
Ijaraga uy qidirib yurgan talabalar muammolarini o‘rganish va yaqindan yordam berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilar ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimlari Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan «uy bozor»da bo‘ldi.
Bunda talabalar turar joy bo‘yicha muammolari o‘rganildi. Natijada, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va yana bir qancha oliy ta’lim muassasalari talabalari 50 ga yaqini qulay ijara uylariga joylashtirildi.
Ijaraga turar joy izlab yurgan barcha talabalar o‘z tyutorlariga murojaat qilishi va ular bu masala bo‘yicha amaliy yordam berishi eslatib o‘tilgan. O‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilganda @manaviyatedubot orqali murojaat qilish mumkin.
Alohida qayd etilishicha, ushbu tadbirlar talabalar to‘liq turar joy bilan ta’minlangunga qadar vazirlik doimiy nazoratida bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:15 / 24.12.2024
Ko‘p kvartirali uylar qurilishi yuzasidan murojaatlar soni ko‘paydi
10:34 / 05.12.2024
Hokimlik balansidagi orderli uyni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:24 / 02.09.2024
Sud qarorisiz va uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi
20:25 / 23.08.2024