Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II 8 sentabr kuni 96 yoşida vafot etdi. «Qiroliça bugun kunduzi Balmoralda olamdan ötdi», — deyiladi Bukinhem saroyi bayonotida. 8 sentabr kuni avvalida Bukinghem saroyi şifokorlar qiroliçaning holatidan «taşvişda» ekani haqida xabar tarqatgandi. Şundan söng qirollik xonadoni a’zolari Şotlandiyadagi Balmoral qasriga yöl oldi, Bukinhem saroyi atrofida esa fuqarolar töplana boşladi. Vindzor qal’asida qiroliçaning ölimidan söng bayroqni tuşirişdi. AQŞ, Germaniya, Ukrainadan qiroliçaning vafoti munosabati bilan ta’ziyanomalar kelgan.

Sönggi oylarda Yelizaveta II soğligi tufayli köplab tadbirlarda iştirok eta olmadi. 2022 yil fevralida u kovidga çalingandi; bahorda qiroliça «harakatlanişdagi epizodik muammolar» tufayli qator ommaviy tadbirlarni ötkazib yubordi, iyun oyi boşida esa u özining taxtga çiqişining 70 yilligi munosabati bilan taşkillaştirilgan tantanalarda deyarli qatnaşmadi. Rasmiy qabullar valiahd şahzoda Çarlz tomonidan ötkazildi.

Buyuk Britaniyada milliy motam davri boşlandi, Sky News xabariga köra bu dafn marosimiga qadar davom etadi. Yelizaveta Ikkinçining jasadi Bukinhem saroyiga olib kelinadi va bu yerda beş kun qoladi. Ölimidan beş kun ötib uning tobuti Vestminster saroyiga keltiriladi, bu yerda uç kun mobaynida 23 soat uni ziyorat qilişlari mumkin. Dafn marosimi qiroliçaning ölimidan 10 kun ötib bölib ötişi kutilmoqda.

Yelizaveta Ikkinçining ölimidan keyin uning katta öğli Çarlz mamlakatning yangi qiroliga aylanadi — u Buyuk Britaniya tarixida Uels şahzodasi va taxt vorisi maqomida eng uzoq vaqt qolgan şahzoda böldi. Bukinghem saroyi uni allaqaçon qirol Çarlz III (Karl III) deb atadi. 

Qirol onasining ölimidan keyin ilk bayonotini berdi:

Mening sevimli onam, qiroliça Hazrati oliyalarining vafoti — men va butun oilamiz a’zolari uçun qayğuli lahzalar. Qadrli hukmdorimiz va suyukli onamizning vafotidan dilimiz vayron böldi. Bilamanki, uning ketişi Hamdöstlikning barça mamlakatlari va qirolliklarida, şuningdek butun dunyodagi köp sonli odamlar tomonidan çuqur his qilinadi. Motam va özgarişlar davrida qiroliçaga çuqur hurmat va mehr bilan munosabatda bölişlarini biliş men va oilam uçun tasalli beradi.