“Örmon xöjaligi davlat qömitasi faoliyatini tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar Örmon xöjaligi davlat qömitasi asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilanadi:

  • örmon boyliklarini har tomonlama kengaytiriş va ulardan oqilona foydalanişga qaratilgan örmon xöjaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
  • “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikada çöllaniş oldini oliş, örmonlarni qayta tiklaş, yaşil hududlarni va ihota örmonlarini köpaytiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
  • örmon töğrisidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqiş va ularga rioya etilişini amaliy nazorat qiliş;
  • örmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boşqarişni taşkil etiş, örmon barpo etiş, ularni qayta tiklaş, qöriqlaş, muhofaza qiliş, örmonlardan oqilona va tejamli foydalaniş;
  • respublikada örmonlarni tiklaş va köpaytiriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş, toğ yonbağirlari, jarliklar va taşlandiq yerlarda eroziyaga qarşi daraxtzorlar barpo etiş işlari bajarilişini taşkil qiliş;
  • örmon fondini, fauna va florasini örganiş hamda ular qat’iy hisobini yuritiş, örmon xöjaligini yuritiş amaliyotiga fan yutuqlari va ilğor tajribani joriy etiş;
  • örmonlarni yonğinlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesişdan va boşqa örmon qonunçiligi buzilişlaridan muhofaza qiliş;
  • manzarali ösimliklar köçatlari va uruğlarini sertifikatlaş va standartlaştiriş yagona tizimini işlab çiqiş hamda joriy qilişni taşkil etiş;
  • örmon xöjaliklarida bir-biriga boğliq bölgan xöjalik faoliyatini kengaytiriş va rivojlantiriş, köçat yetiştiriş, dorivor ösimliklar töplaş, asalariçilik, baliqçilik, çorvaçilik mahsulotlarini yetiştiriş hamda ularni çuqur qayta işlaş, xalq iste’moli tovarlari işlab çiqarişni taşkil etiş;
  • tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etiş va ekologik turizmni keng kölamda rivojlantiriş;
  • Özbekistonning çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça xalqaro majburiyatlarini bajariş;
  • çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş masalalari böyiça xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan samarali özaro hamkorlikni ta’minlaş;
  • Özbekistonda çöllaniş va qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça dastur va loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etadigan vazirlik, idora va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari işlarini muvofiqlaştiriş;