O‘zbekiston | 15:10 / 10.09.2022
7725
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar ishlari agentligi talabalarni “makler”siz ijaraga qo‘yadigan tizim taklif qilmoqda

Agentlik uybor.uz platformasida “Talabalar uchun” degan bo‘lim ochildi. Bu yerda talabalar ijaraga qo‘yiladigan uylar haqida ma’lumot berilgan. Bunda talaba vositachilik haqi to‘lamaydi.

Foto: KUN.UZ

Yoshlar ishlari agentligining ma’lum qilishicha, agentlik uybor.uz platformasi bilan kelishib, saytda “Talabalar uchun” degan bo‘lim tashkil qilingan.

Platformaning afzalligi bu yerda talabalar uchun ijara uylar rasmi, narxi, joylashuvi haqida ma’lumot berilgan, deb xabar bermoqda Yoshlar ishlari agentligi Kun.uz’ga. Bu yerda yoshlar yetakchisi uy egasi va talaba o‘rtasida vositachilik qiladi.

“Platformaga ijara beruvchining yoki o‘rtadagi boshqa odamning emas, aynan yoshlar yetakchisining telefon raqami joylanyapti. Bu makler xizmati yoki boshqa to‘lovlarning oldini olishda qo‘l keladi.

Yetakchi o‘zi ijara turuvchi bilan gaplashib, o‘zi joylashtiradi va keyinchalik ham yordam berib boradi. Toshkent shahridagi 579 nafar yoshlar yetakchilarining har biriga platformaga dostup (login/parol) berilgan”, – deydi agentlik axborot xizmati vakili.

Ma’lumot berilishicha, Telegram’dagi @Smartmahallabot orqali mahalla yetakchisiga aynan talabalarga ijaraga beriladigan uy to‘g‘risida ma’lumot berish mumkin.

Shundan so‘ng yoshlar yetakchilari ijaraga beriladigan xonadonning sharoitlarini o‘rganib chiqib, ma’lumotlarni platformaga yuklaydi. Talabalar o‘zlariga qulay xonadonni tanlab, ijaraga joylashishlari mumkin bo‘ladi.

Зуҳра Абдуҳалимова
Tayyorlagan Зуҳра Абдуҳалимова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid