Eng kuçli Android-smartfonlar

Avgust oyining eng kuçli Android-smartfonlari reytingi e’lon qilindi. Birinçi örinni Asus ROG Phone 6 smartfoni egalladi. U Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan bölib, tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB.
Ikkinçi öringa xuddi şu protsessor örnatilgan iQOO 9T smartfoni joylaşdi. Uning tezkor xotirasi 12 GB va doimiy xotirasi 256 GB.
Snapdragon 8 Gen 1 protsessoriga ega ZTE Nubia Red Magic 7 uçinçi örinni egalladi. Uning tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 25 GB.
Şuningdek, röyxatga Xiaomi 12S Ultra, Black Shark 5 Pro, Vivo X80, Motorola Edge 30 Pro, Vivo X80 Pro, Samsung Galaxy Z Fold4 hamda Xiaomi 12 Pro smartfonlari ham kiritilgan.
Apple taqdimoti
Apple kompaniyasi iPhone 14 liniyasidagi yangi qurilmalari taqdimotini ötkazdi. Bu safar kompaniya iPhone’larning mini modelidan voz keçdi hamda iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarini namoyiş qildi.

iPhone 14 va 14 Plus A15 Bionic protsessori bilan jihozlangan. Bu protsessor iPhone 13’dagi A15 protsessoridan 25 foizga kuçliroq. Videotasvirga oliş stabilizatsiyasi uçun Action Mode funksiyasi qöşilgan. Orqa – asosiy kameralar kam yoruğlik şaroitida ham ranglarni 49 foizga yorqinroq körsatadi, old – selfi kamera esa 38 foizga yorqinroq. Şuningdek, selfi kamerada ilk bor avtofokus funksiyasi paydo bölgan.
iPhone 14 bozorlarda 16 centyabrdan paydo böladi va uning AQŞdagi narxi 799 dollar. iPhone 14 Plus esa 899 dollardan boşlanadi va 7 oktyabrdan bozorlarga çiqişi aytilmoqda.
Asosiy kutilgan flagmanlar iPhone 14 Pro va Pro Max qurilmalarida özgarişlar qatorida Always-on Display funksiyasi, ekranning yuqori qismidagi özgariş hamda yaxşilangan kameralarni sanaş mumkin.




















