Birinçi qönğiroq, yotoqxona ajiotaji, tirbandliklar. Ta’til tamom
Özbekistonda yozgi ta’til tugab, darslar boşlandi. Millionlab ota-onalar va bolalar uçun bu hafta bundan kattaroq voqea bölmagan bölsa kerak. Duşanba kuni 700 mingdan ortiq bola ilk marta maktab partasida ötirib, birinçi ustozi bilan tanişdi.
Maktablarning jami öquvçilari soni 6,5 millionga yaqinlaşdi. Bu butun boşli Turkmaniston, Daniya yoki Singapur aholisidan köproq degani. Umuman, BMTga a’zo davlatlarning 42 foizida fuqarolari soni 6 millionga ham yetmasligini inobatga olsak, aholimizning bunday köpayib borişi har jihatdan quvonçli.
Bu yil talabalar soni ham birinçi marta bir millionga yetdi. Taqqoslaş uçun, 2016 yilda talabalar soni bundan 5 baravar kam, 200 ming atrofida bölgan. Öz navbatida, bunday keskin ösiş ayrim muammolarning dolzarbligini yanayam oşiryapti. Ulardan biri – yotoqxonalar masalasi.

Hafta boşida Talabalar şaharçasi yuklari bilan kelib, yotoqxonadan joy berilişini köçada kutayotgan talabalar va ota-onalar bilan töldi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Toşkentda talabalar turar joyi uçun talabgor studentlarning 47 ming nafariga yotoqxonalarda joy yetmayapti.
Tegişli qarorga köra, 5 yil içida talabalar uçun 100 ming örinli yotoqxonalar qurilişi kerak. Lekin bu rejaning bajarilişi dargumon. 2022 yilda Toşkentda qurilişi kerak bölgan 11 ta yotoqxonadan hozirça faqat bittasi tayyor. Bu borada e’lon qilingan subsidiyalar tadbirkorlarni qiziqtira olmagaç, subsidiyalar miqdori uç baravarga köpaytirilgan va bu endi natija berişidan umid qilinyapti.
Muammo yeçimi böyiça oliy ta’lim vaziri va Toşkent şahar hokimi öz takliflari bilan çiqdi. Vazir Abduqodir Toşqulovning aytişiça, talabalarga ijara pulining yarmini qoplab beriş uçun ulardan ijara şartnomasi söralmaydi. Hozir tegişli hujjat loyihasi tayyorlanyapti.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxöjayev esa Yaşnobod tumanidagi Tashkent Index nomli savdo va işlab çiqariş majmuasi binosini talabalar uçun yotoqxonaga aylantirib, u yerga 10 ming talabani joylaştirişni taklif qildi. Majmua qisqa muddatda yotoqxonaga aylantirilişi kutilyapti.
Super-kontraktçilarga yangi-yangi imkoniyatlar

Talabalar sonining 1 millionga yetişida super-kontrakt tizimi paydo bölganining ham ozmi-köpmi örni bor. Hozir imtihonga kirib çiqsangiz böldi, hatto 1 ball töplasangiz ham talaba böla olasiz. Şu hafta çiqqan qaror bilan super-kontraktda öqiş imkoniyati yanayam kengaydi.
Endi abituriyent özi tanlagan birinçi yönalişga balli yetmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda öz xohişi bilan birinçi tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat berildi.
Imtihondan yiqilgan, ya’ni beşala yönalişning birortasiga ham kirolmaganlarga bundan-da kattaroq imkoniyat berildi: endi ular beşta yönalişdan xohlagan bittasini tanlab, super-kontraktda öqişi mumkin.
Bundan taşqari, xorijdan va Özbekistondagi nodavlat OTMlardan öqişini davlat OTMlariga köçiriş uçun ariza bergan va testda ötiş balini ololmagan talabgorlar ham, agar özlari xohlasa, super-kontrakt asosida öqişlari mumkin böldi.
Super-kontraktga 10 foiz çegirma “perevodçilar”ga ham beriladi.
Bu yangiliklar super-kontrakt mavzusidagi bahslarga yana turtki böldi. Öqişga bilim bilan emas, rasman pul bilan kirgan şifokor qölida davolanişga, şunday arxitektor qurgan uyda yaşaşga siz rozi bölarmidingiz?
Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulovning işontirişiça, yetarli bilimi yöq bola super-kontrakt bilan öqişga kirişi mumkin, lekin bitirolmaydi. U kredit-modul tizimi oliygohlardagi korrupsiyani kamaytira olişini da’vo qildi va buning uçun 1 yil vaqt söradi.
“Bu yil faqat sifatga işlanadi. Natijalar böladi. Neça foiz talaba bitirolmagani, şundan neça foizi super-kontraktda öqiganini hali eşitasiz”, – dedi Toşqulov.
ŞHT sammiti: Samarqanddagi çeklovlar va geosiyosiy fon

5 sentabr kuni hamma joylarda ham darslar boşlangani yöq. Samarqand şahridagi maktablarda darslar 19 sentabrdan, oliygoh va texnikumlarda esa 26 sentabrdan boşlanadi.
Şaharda 15-16 sentabr kunlari bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitiga katta tayyorgarlik körildi, xavfsizlik çoralari kuçaytirilyapti. Sammit sabab bir neça kun davomida Samarqand şahriga kiriş tranzit transportlar uçun yopiladi, şahardagi 16 ta köçada transportlar harakati çeklanadi, bu çeklovlar jamoat transportiga ham taalluqli böladi.
Avvaliga sammit bölib ötadigan sayyohlik markazi yaqinidagi masjidlarda 16 sentabr kuni juma namozi öqilmasligi aytilgandi, keyinroq bu ma’lumot rad etildi. Sammit kunlari Samarqanddagi töyxonalar işlamasligi haqidagi miş-mişlarga hozirça aniqlik kiritilmadi.
Şu hafta ma’lum bölişiça, 8 ta davlat a’zoligidagi taşkilot sammitida 15 ta davlat rahbari jam böladi. Ya’ni a’zo davlatlardan taşqari, Eron, Möğuliston, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston va Armaniston rahbarlari, şuningdek, yil boşidan beri Özbekistonning manziliga ikki marta nomaqbul gaplar aytişga ulgurgan Belarus prezidenti ham keladi.
ŞHTning 2020 va 2021 yillardagi sammitlari pandemiya sababli onlayn formatda ötkazilgan edi. Oxirgi oflayn uçraşuv 2019 yilda, Bişkekda bölib ötgan. Öşanda Xitoy raisi Si Jinping Qirğiziston va Tojikistonga biryöla davlat taşriflarini ham amalga oşirgan. Bu safar esa u Samarqand sammiti arafasida Qozoğiston va Özbekistonga davlat taşriflari bilan keladi. Ma’lumot örnida, Xitoy rahbari pandemiya tufayli 2020 yil boşidan beri xorijiy safarlarga çiqmagan.
Sammit Ukraina uruşi fonida bölib ötayotgani, unda Eron taşkilot a’zoligiga rasman qabul qilinişi, umuman olganda, sanksiyaga uçraganlar va sanksiyalarga qöşilmaganlar bir joyga yiğilayotgani bu safargi ŞHT sammitini avvalgilaridan ajratib turibdi.
Ayniqsa rus naşrlari ŞHTni Ğarbga qarşi blok sifatida körsatişga urinyapti. Hafta davomida ŞHT, Özbekiston va Tojikiston rasmiylari tomonidan bunga javoban tegişli bayonotlar yangragan bölsa-da, körinib turibdiki, Rossiya tomonidan Samarqand sammitiga imkon qadar mafkuraviy tus berişga intiliş bor. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa sammit mezboni bölmiş Özbekistonning manfaatlariga zid.
Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatlari şundaki, ular u yoki bu qutbdan birini taşlaşga majbur qilinmasligi, göyoki qaysidir derjava tomonida turgandek körsatilmasligi kerak.
Darvoqe, sammit arafasida Vladimir Norov “v.b.” qöşimçasidan xalos bölib, Özbekiston taşqi işlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Uni Prezident administratsiyasi rahbari, avvalroq taşqi işlar vaziri lavozimiga nomzodi körib çiqilgani aytilgan Sardor Umrzoqov jamoaga taniştirdi.
Ijara narxidan boşlangan darslik maşmaşasi keng kölamli “reviziya”ga yetakladi

Ötgan hafta maktab darsliklari ijarasi uçun ota-onalardan yiğiladigan tölovlar 2-3 barobarga oşib ketişi noroziliklarga sabab bölgan edi. Şu noroziliklar sabab bölib, davlat konstitutsiyada yozilgan majburiyatini nihoyat zimmasiga oldi: darsliklar va maşq daftarlari ijarasi töliq budjetga ötkazildi. Eslatib ötamiz, Konstitutsiyaning 41-moddasida: “Bepul umumiy ta’lim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi”, deb yozilgan.
Ota-onalardan pul yiğilmaydigan bölgani muammo hal degani emas. Ijara narxlari 2-3 barobarga oşib ketişi – darsliklarning katta qismini bitta xususiy kompaniya naşr etayotgani fonida röy bergani albatta şubhali. Biz ötkazgan jurnalistik suriştiruvda ma’lum bölişiça, darslik çop etiş böyiça kamida 16 ta lotda “KOLORPAK” MÇJ ğolib çiqqan. Bu kompaniya avvaliga “Öqituvçi” naşriyotining binosini nol qiymatda qölga kiritib, keyin naşriyotning özini ham xususiylaştirib olgan.
KOLORPAK'ning egalaridan biri – Akfa kompaniyasining sobiq direktori Ismoil Isroilov. Ayrim manbalarda u Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jiyani ekani aytiladi. Köplab buyurtmalar bitta kompaniya qölida töplanib, narxlar birdaniga oşib ketgan bu soha hozirda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov topşiriği asosida taftiş qilinyapti. Umrzoqov darsliklar naşr etişda korrupsion sxemalarga yöl qöymaslik şartligini ta’kidlagan.
Şu bilan birga, nafaqat çop etiş masalalari, balki darsliklarning mazmuni ham qayta körib çiqiladigan böldi. Bu jarayonga rahbarlik qilayotgan administratsiya rahbari örinbosari Komil Allamjonov jamoatçilikka murojaat qilib, maktab darsliklariga oid muammolar haqida xabar beriş, takliflar jönatişni söradi. Uning aytişiça, 4 soat içida poçtasiga 1278 ta murojaat kelib tuşgan.
Oradan bir kun ötib, yangi avlod darsliklarini yaratgan mualliflar prezidentga murojaat bilan çiqdi. Ular darsliklar ekspertizasi “parda ortidagi har xil öyinlar”ga aylanib ketmasligi kerakligini aytişdi.
“Biz darsliklar mazmuni örganilişiga qarşi emasmiz, lekin bahoni xolislar bersin. Metodikadagi zamonaviy tendensiyalarni tuşunadigan mutaxassislar, xolis ekspertlar baho bersin. Buning ortida özining qandaydir biznes manfaatlarini közlayotgan manfaatdor şaxslar, manfaatdor çinovniklar baho bermasin. Çunki bu holatda baho xolis bölişiga heç qanday kafolat yöq”, – dedi murojaatçilardan biri Komil Jalilov.
“Taşabbusli budjet”da ovoz berişning oxirgi haftasi boşlandi

“Taşabbusli budjet”dagi loyihalarga ovoz yiğiş jarayoni qizğin pallaga kirdi. Avvalgi mavsumlarda bölganidek, bu gal ham odamlar özlari tölayotgan soliqlardan yiğilgan pullar özlari istagan joyga sarflanişiga erişiş uçun harakat qilyapti. Faollar mahallalarda, jamoat joylarida, ijtimoiy tarmoqlarda öz takliflariga pul ajratilişi uçun ovoz töplayapti, buning uçun gazli içimliklar ham taklif qilişyapti.
Qator jamoatçilik faollari bu jarayonni olqişlamoqda. Haqiqatan ham, “Taşabbusli budjet” aholining erkin saylovlarga göyoki tayyor emasligi haqidagi gaplar afsona ekanini yana va yana isbotlayapti. Iqtisodçi Otabek Bakirov buni obrazli tarzda “parlamentning boşlanişi” deya ta’rifladi. Harvard universiteti doktoranti Botir Qobilov bu loyiha aslida Oliy Majlis qilişi kerak bölgan işni qilayotganini aytdi.
Loyihadagi odamlar faolligidan kelib çiqib aytiş mumkinki, xalq saylagan deputatlar xalq pulini ular istagandek taqsimlaydigan kunlar kelmagunça “Taşabbusli budjet” kabi loyihalar albatta bölişi şart. Ularga ajratiladigan pullar köpaytirilişi ham kerak. Bunday jarayonlarni töxtatişga uriniş – odamlardan öz soliqlarini qayerga işlatişni özlari hal qiliş imkonini olib qöyiş bilan barobardir.
Yakunlanayotgan haftada “Taşabbusli budjet”dagi ayrim loyihalar qisqa muddatda şubhali ravişda minglab ovozlar töplayotgani haqida murojaatlar paydo böldi. Moliya vazirligining ma’lum qilişiça, ovoz beriş jarayoni yakunlanganidan keyin hamma ovozlar qayta tekşirib çiqiladi. Ta’kidlaşni istardikki, bu kabi texnik masalalar albatta yeçim topişi, şu bilan birga, loyiha kelajagi söroq ostiga qöyilişiga sabab bölmasligi kerak.
Toşkentda yana 100 ta daraxt nobud böldi

Foto: Maxar / Google Earth
Daraxt kesişga moratoriy oyoqosti bölişda davom etyapti. Bir hafta içida Toşkent yana ikkita yaşil hududidan ayrildi. Çilonzor köçasida yöl böyidagi yuzdan ortiq daraxtga zarar yetkazilganiga bir oy ham bölmay, xuddi şu köçada, tuman prokuraturasi röparasida 58 tup daraxt kesib taşlandi. Uçtepada esa 42 tup daraxt joyidan köçirilgan va ular qurib qolgan. Faollarning aytişiça, daraxtlardan asar ham qolmagan bu yerni istirohat boğiga aylantiriş haqidagi rejalar bölgan, lekin oxir-oqibat hudud baribir sotilib ketgan.
Bu ikki qonunbuzarlikning tarixi juda öxşaş. Avvalo, har ikkala hududdagi daraxtlar haqida jamoatçilik ançadan beri xavotir bildirib kelayotgan, mas’ullarni kutilgan jinoyatlarning oldini olişga çaqirayotgan edi, lekin heç kim tayinli çora körmagan. Qolaversa, Toşkent şahar hokimligi bu ikkala yer maydonini tadbirkorlarga 2020 yilda, ya’ni daraxt kesişga moratoriy allaqaçon amal qilayotgan vaqtda berib yuborgan.
Hafta oxiriga kelib, Çilonzordagi holat böyiça 3 kişi uşlandi, Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi boşliği Farhod Dehqonov qamoqqa olindi (ertasiga qöyib yuborilgani ma’lum böldi). Bu yangiliklar bilan bir vaqtda, endi Gulistondagi istirohat boğida 16 tup daraxt kesib taşlangani ma’lum böldi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Surxondaryo hokimi Töra Bobolov Angor prokurorini sökkanidan prezident xabardor ekani ma’lum böldi. Şavkat Mirziyoyev selektorda yangi maktablar qurilişi va ta’mirlanişi böyiça vazifalarni bajarmagan hokimlarga tanbeh berib, ular orasida Bobolovga alohida töxtaldi. “Sen prokuror bilan telefonda gaplaşişdan oldin maktablar qurilişini joyiga qöyib qöy. Çarçagan bölsang, işdan olaman seni ham”, – dedi davlat rahbari.
Navoiy viloyatidagi kam ta’minlanmagan oilalarga maktab formasi uçun ajratilgan pullar “tuya qilindi”. Kun.uz'ning aniqlaşiça, 1650 ta ehtiyojmand oiladagi har bir öquvçiga forma uçun 300 ming sömdan naqd berilişi kerak bölgan, lekin bu pul röyxatdagi hammaga ham yetib bormagan. Xatirçida esa pul emas, narxi 300 ming sömdan arzon maktab formasi tarqatilgan va odamlardan göyoki ular naqd pul olgani haqidagi hujjatga imzo qöydirib olingan.
1-sinfga borgan ayrim qizaloqlarga qop-qora ryukzaklar berildi. Ayrimlar uçun bu yangilik bölmasligi mumkin, lekin Prezident sovğasi masalasi ham darslik va forma mojarolari fonida xalq ta’limidagi muammolar kölamini körsatib beradi. Bu ryukzaklarga qarab, bozorda sotilmay qolgan mahsulotni Prezident sovğasi sifatida ötkazib yuborişgan degan xayol keladi. Ayrim öğil bolalarga esa qizlar uçun möljallangan gulli sumkalar berilgan.
Ötgan oyda Oliy sud rais özgarganidan keyin, mahkamada jiddiy kadr almaşinuvlari röy bermoqda. Kun.uz yozganidek, işi sudyalarni oqlab berişdan iborat bölib qolgan Oliy sud Murojaatlar bilan işlaş boşqarmasining barça xodimlari yoppasiga işdan çetlatilgan. Uç nafar sudyadan işdan böşaş haqida ariza olingan.
Siz ortda qolayotgan haftada Özbekistonda röy bergan asosiy voqea-hodisalar dayjestini tomoşa qildingiz. Tezkor, aniq va xolis yangiliklarni Kun.uz'da kuzatişda davom eting. Dam oliş kuningiz maroqli ötsin!











