Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda prezident administratsiyasi huzurida tuzilgan ishchi guruh maktab darsliklari, o‘quv rejalari va kitoblarning unga mosligi, bu sohadagi muammolar va uning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlarini boshladi.

“Agarda sizda shu yo‘nalishdagi muammolar, ularning yechimi haqida takliflar bo‘lsa, iltimos, mening [email protected] elektron manzilimga yuborishingizni so‘raymiz”, deydi Komil Allamjonov.

Ma’lum qilinishicha, taqdim etilgan ma’lumot va taklif holatga aniq diagnoz qo‘yish va uning davosini belgilashda katta yordam bo‘ladi.