“Farğona IEM” AJda elektr energiyasidan foydalaniş samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni işga tuşiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Bu işlar bilan keng jamoatçilikni yaqindan taniştiriş maqsadida OAV vakillari, jurnalist va blogerlar iştirokida press-tur taşkil etildi.
Ayni kunlarda markazda quvvati 1800–2000 kVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini bunyod etiş işlari olib borilmoqda. Uşbu quyoş panellari “On-Grid” rejimida işlaşini hisobga olganda yiliga 7-8 mln kVt qöşimça elektr energiyasi işlab çiqariş va yoqilği resurslarini tejaş, atmosferaga zararli gazlarning çiqişini kamaytiriş imkonini beradi. Jurnalistlar quriliş maydonida bölib, jarayonlarni bevosita kuzatişdi.


Press-turda ma’lum qilinişiça, “Farğona IEM” AJ tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 22 avgustidagi PQ- 4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oşiriş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini rivojlantirişning tezkor çora-tadbirlari töğrisida” qarori ijrosini bajariş yuzasidan 2020–2022 yillarga rivojlaniş dasturi işlab çiqilgan.

Şunga asosan, ötgan davr davomida avtoturargoh, harbiylaştirilgan qöriqlaş xizmati binosi, işlab çiqariş sexlari, ma’muriyat binosi kabi qator inşootlarga quyoş panellari asosida işlovçi uskunalar örnatildi. Buning evaziga joriy yilning ötgan davrida 200,2 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

– Şu yilning 10 iyun kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvçi energiyadan foydalanişni kengaytiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Unda mamlakatimizda muqobil energiya manbalaridan keng foydalaniş, energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etiş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi, biz ham uşbu yönalişdagi işlarimizni takomillaştirib, elektr energiyasi işlab çiqariş jarayoni, ya’ni öz ehtiyojlarimiz uçun zarur bölgan elektr energiyasini muqobil manbalar asosida işlab çiqarişni yölga qöymoqdamiz, – deydi “Farğona IEM” AJ boş direktori Erkinjon Hamidov.

















