Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) hamraisi Lars Klingbayl Germaniya sobiq kansleri Gerhard Şryoderning partiyadagi a’zoligini saqlab qoliş tarafdoridir. Bu haqda Klingbayl 11 sentabr, yakşanba kuni ARD telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Siyosatçi ta’kidlaganidek, avgust oyida GSDPning maxsus komissiyasi Şryoder partiya nizomini buzmagani va Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qöllab-quvvatlagan nutqlari va Rossiya davlat kompaniyalarida işlagani uçun partiyadan çiqarib yuborilmasligi kerak degan xulosaga kelgan.
Şundan söng komissiya vakillari «tajovuzkor uruşga da’vatlar yoki bir davlatning boşqa davlatga hujumini oqlaş GSDPga a’zolikka mos kelmaydi», deb ta’kidladi, biroq Şryoder bunday çaqiriqlar bilan çiqmagan. Garçi pozitsiyani aniqroq belgilaş «maqsadli va örinli» bölsa-da, sobiq kanslerning bayonotlari uning GSDP siyosatidan uzoqligini körsatmaydi, deb hisobladi komissiya.
«Sud jarayoni uning siyosiy jihatdan notöğri bayonotlar berganini aniq körsatdi. Lekin uni çetlaştiriş uçun asoslar bor, degan ma’noda yuridik jihatdan notöğri bayonotlar yöq», - deya xulosa qildi Klingbayl.
«Gerhard Şryoder bu davlatni şakllantirgan va köplab töğri qarorlar qabul qilgan kansler edi. Lekin Rossiya masalasida u nohaq va siyosiy izolyatsiyada bölib qoldi. Biroq komissiya xulosasi aniq va men bu natijaga qöşilaman», GSDP hamraisi.
Ukraina Qurolli kuçlarining Xarkiv oblastidagi qarşi hujumi muvaffaqiyati fonida siyosatçi Ğarb davlatlarini Ukrainaga keyingi qurol yetkazib beriş masalalarida tezroq harakat qilişga çaqirdi.
Uning sözlariga köra, Ukraina qöşinlarining muvaffaqiyatli oldinga siljişi Ğarb tomonidan Kiyevga yetkazilayotgan katta hajmdagi harbiy yordam bilan ham boğliq. «Bu davom etişi kerak. Bu davom etadi», dedi Klingbayl va Germaniyaning yangi ta’minot qarorlari boşqa davlatlar bilan birgalikda qabul qilinişi kerakligini ta’kidladi.
GSDP hamraisi Kiyevga Ğarbda işlab çiqarilgan jangovar tanklar yetkazib berilişi mumkinligini alohida eslatib ötdi. Ular, siyosatçining sözlariga köra, hozirda heç bir davlat tomonidan Ukrainaga berilmayapti. Kiyevning talablarini, şuningdek, Ukraina Qurolli kuçlarining muvaffaqiyatlarini inobatga olgan holda, endi «bu mamlakatni qöllab-quvvatlaş uçun keyingi qadamlar qanday bölişi mumkinligi»ni hal qiliş kerak, dedi sotsial-demokrat.
Bundan taşqari, GSDP hamraisi hukumatning gaz bozoridagi vaziyatga aralaşuvini tölovga layoqatsizlik xavfidan qoçiş uçun asosli deb atadi. Siyosatçining fikriça, elektr va gaz narxi bugungidek yuqoriligiça qolsa, bunday xavf davom etadi.

















