Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashri xabar bermoqda.

«Putinga Turkiyada yetakchilar uchrashuvini tashkil etish taklifi bilan yana murojaat qilishni rejalashtirayotgan prezident Erdo‘g‘an Ukraina inqirozini diplomatik yo‘l bilan hal qilishga e’tibor qaratadi», deyiladi xabarda. 

Ikki prezident o‘rtasidagi muzokaralarning yana bir mavzusi «don kelishuvi»ni amalga oshirish bo‘ladi. 

Hurriyet xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Rossiya mahsulotlarini Turkiya orqali eksport qilish bo‘yicha kelishuvning ikkinchi qismini amalga oshirish bo‘yicha bayonot bermoqchi. 

Bundan tashqari, tomonlar Suriyadagi ehtimoliy harbiy operatsiyani muhokama qiladi.