Poliklinikalarni reyting baholash tizimi joriy etiladi
“Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va ular tibbiy xodimlari mehnati samaradorligi uchun mas’uliyatni oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari hamda tibbiy xodimlar faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari hamda ularda faoliyat yuritayotgan tibbiy xodimlar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladigan tuman/shaharlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, reyting baholash tizimi 2022 yil 1 avgustdan boshlab ko‘rsatilgan tuman/shaharlarda joriy etiladi. Tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish Moddiy rag‘batlantirish va tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi. Reyting baholash tizimi 2023 yildan boshlab qolgan hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. SSVga birlamchi tizimdagi ustuvor yo‘nalishlar, hududlar geografik joylashuvi va kasallanish darajasiga ko‘ra reyting baholash mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati beriladi.
Reyting baholash hisobot davri mobaynida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda ular tibbiy xodimlari ish hajmi, sifati va vazifalarni bajarish natijadorligi ko‘rsatkichlariga asoslanadi.
Reyting baholash to‘rt bosqichda o‘tkaziladi:
- birinchi bosqichda - tibbiyot xodimlari (tibbiy brigada a’zolari) funksional vazifalarni bajarishi to‘liqligi ko‘rsatkichlari baholanadi;
- ikkinchi bosqichda - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tibbiy brigada a’zolari va tor soha mutaxassislari faoliyati to‘laqonligi, sifati va pirovard natijalari ko‘rsatkichlari, salbiy ko‘rsatkichlari baholanadi;
- uchinchi bosqichda – tibbiy brigadalar, tor soha mutaxassislar uchun reyting baholash to‘plangan yakuniy ballaridan kelib chiqib rag‘batlantirish yoki jazolash choralari belgilanadi;
- to‘rtinchi bosqichda – Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan reyting baholash natijalari yakunlari bo‘yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rahbarlarini rag‘batlantirish yoki jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda qullikni bekor qilish haqidagi hujjat 13,7 mln dollarga sotildi
Jahon | 17:41
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

15:24 / 18.06.2025
Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi

21:13 / 17.06.2025