Ötgan haftada Kobuldagi Rossiya elçixonasida portlaş röy berdi. Portlaş oqibatida Rossiyaning ikki diplomati halok böldi. Bu Afğonistonda «Tolibon» hokimiyatga kelgandan keyin yuz bergan ilk terakt emas. Terroristik aktlar soni böyiça bugungi Afğoniston oldingi hukumat davridan farq qilmayapti. Mamlakatda yaşaş şaroitlari bir neça baravarga tuşib ketgan, millionlab aholiga oçlik xavf solyapti, işsizlik sezilarli darajada ösgan. Hali ham hukumat tuza olmayotgan «Tolibon» esa içki kuraşlardan ortgani yöq.

Hokimiyatdagi bir yil

Kobuldagi prezident saroyida. 2021 yil 15 avgust. Foto: Getty Images

2021 yil yozida bir neça yildan buyon Afğoniston oliy hokimiyati uçun kuraşib kelgan «Tolibon» harakati jiddiy muvaffaqiyatlarga erişa boşladi. 15 avgust kuni poytaxt Kobul deyarli qarşiliksiz harakat qöliga ötdi. Mamlakatning dunyoviy hukumati rahbari, prezident Aşraf Ğani xorijga qoçib ketdi. 30 avgustda, bir neça kun davom etgan evakuatsiya jarayoni yakunida AQŞning sönggi harbiysi Afğonistonni tark etdi. Şu bilan yigirma yillik uruşdan söng «Tolibon» yana Afğoniston boşqaruviga qaytdi. Köpçilik endi Afğoniston tinçlikka erişişidan umid qildi. Biroq amalda bunday bölmayapti.

«Tolibon» Afğonistonda hokimiyatga kelgaç, boşqa jangari guruhlar, masalan IŞIDni yenga olmadi. Xuroson viloyatida joylaşgan uşbu terroristik harakat mamlakatda bir neça yirik teraktlar uyuştirdi va hatto Hirotni deyarli nazorat qila boşladi.

Içki tartibni saqlaş masalasidan taşqari ham «Tolibon» rahbarligidagi Afğoniston juda jiddiy va qiyin muammolar girdobiga tuşib qolgan.

Iqtisodiy inqiroz

Afğonistonning oldingi, dunyoviy hukumati iqtisodiy mustaqillikka ega emasdi. Uşbu hukumat moliyaviy jihatdan tölaligiça AQŞ va Yevropa yordamiga tayangandi.