Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy rahbari «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
Xitoy raisi Si Jinpingga O‘zbekiston oliy davlat mukofoti – «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mukofotni topshirar ekan, Xitoy raisi xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari, ishonch va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini qayd etdi.


Birgalikdagi sa’y-harakatlar va Xitoy yetakchisi alohida e’tibori tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga chiqqani, mukammal va jadal tus kasb etgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid keng ko‘lamli dastur va loyihalar faol amalga oshirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Qayd etilishicha, Si Jinpingning O‘zbekiston oliy mukofoti bilan taqdirlanishi unga xalqaro miqyosdagi davlat va siyosat arbobi sifatida chuqur hurmat-ehtirom ifodasidir.

Xitoy raisi “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.05.2026
Xitoyning sobiq mudofaa vazirlari o‘lim jazosiga hukm qilindi
22:17 / 06.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoy zavodidagi fojia munosabati bilan Si Jinpingga hamdardlik bildirdi
09:22 / 06.05.2026
Xitoy 78 milliard tup daraxt ekdi, ammo endi buning salbiy oqibatlarini ko‘rmoqda
09:17 / 05.05.2026