Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilondagi 2 ta bog‘chada jami 17 bola kasalxonaga yotqizildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahridagi 16 va 24-son maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 14 sentabrdan 15 sentabrga o‘tar kechasi Marg‘ilon shahri tibbiyot birlashmasiga shahardagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar hamda 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 5 nafar tarbiyalanuvchisi alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimining buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan.
Bemorlarning holati qoniqarli bo‘lgani tufayli 17 sentabr kuni shifoxonadan chiqarilgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Mavzuga oid
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
16:25 / 17.01.2026
Marg‘ilonda tergov boshlig‘i 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U aybsiz odamni qamatib berish uchun 18 ming dollar so‘ragan
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025