O‘zbekiston | 18:27 / 18.09.2022
10357
3 daqiqa o‘qiladi

“Tozalik – bu mening mehnatim” - O‘zgalar mehnatini qadrlaylik

Kun.uz e’lon qilgan “Sharafli ish: Tozalik – bu mening mehnatim” nomli rolik Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan Ekologiya qo‘mitasi e’lon qilgan ijtimoiy roliklar tanlovida 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi 17 sentabr – Butunjahon tozalik kunida atrof-muhit tozaligiga bag‘ishlab e’lon qilingan eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirladi.

Qo‘mita raisi Narzullo Oblomuradov dunyo miqyosida ekologik muammolar dolzarblik kasb etayotgani, Butunjahon tozalik kunining O‘zbekiston miqyosida o‘tkazilishi bu boradagi amaliy ishlardan biri bo‘layotganini qayd etdi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Atrof-muhit tozaligiga keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarning e’tiborini yanada keng jalb etish, ularning bu jarayondagi faolligini oshirish maqsadida Butunjahon tozalik kuni arafasida ilk bor ijtimoiy roliklar tanlovi e’lon qilingan edi. Tanlovga 50 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi va Davlat ekologiya qo‘mitasi, jamoatchilik vakillari hamda tajribali jurnalistlar ishtirokida xolisona ko‘rib chiqildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Tanlov hakamlar hay’ati bilan bitta birinchi o‘rin (50 mln.so‘m), ikkita ikkinchi o‘rin (25 mln.so‘m), uchta uchinchi o‘rin (10 mln.so‘m) sohiblari aniqlandi va tanlov g‘oliblari tashkilotchilar hamda homiylar tomonidan e’lon qilingan pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, istisno tariqasida 2 ta rag‘batlantiruvchi mukofot (5 mln.so‘m) ham topshirildi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Kun.uz muxbiri Bobur Akmalov va operator Muhiddin Nido tomonidan tayyorlangan “Sharafli ish: Tozalik – bu mening mehnatim” nomli rolik tanlovda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Tanlov g‘oliblari:

1-o‘rin — Erkin Bozorov.

2-o‘rin — Kun.uz internet sayti;

2-o‘rin — Malika Qulmuhammedova.

3-o‘rin — Xuber Erna;

3-o‘rin — Elyor Achilov;

3-o‘rin — Ulbosin Myrzanazarova.

Rag‘batlantiruvchi mukofot – Elyor Go‘ro‘g‘liyev;

Rag‘batlantiruvchi mukofot – Kim Lidiya.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid