“Taşabbusli budjet” loyihasining 2022 yildagi 2-mavsumi yakunlandi va eng köp ovoz töplagan 1418 ta loyiha ğolib deb topildi. Moliya vazirligi ğoliblarni 18 sentabr kuni e’lon qilgan bölsa ham, ovozlar sonidagi farqlarga köra ğalabasiga işongan mahallalar bayramni undan avvalroq boşlab yuborgan edi.

Internetda tarqalgan videolarda ğolib bölganiga işongan mahallalar ahli buni öyin-kulgi va katta xursandçilik bilan nişonlayotganini köriş mumkin.

Ğolib bölgan loyihalarga jami 1 trillion 62 milliard söm ajratilişi közda tutilgan.

Bu safar ham eng köp loyiha Surxondaryo viloyatidan taqdim etildi (13 691 ta). Xorazm viloyati, Toşkent şahri va Buxoro viloyatida ham boşqa hududlarga qaraganda köproq taşabbuslar ilgari surildi. Respublika böylab jami 60 mingga yaqin loyiha saralab olinib, ovozga qöyildi.

Foto: Moliya vazirligi

Taşabbuslarning 32 foizi içki yöllarni ta’mirlaş, 13 foizi maktablarni ta’mirlaş yoki jihozlaş, 12 foizi esa köça çiroqlarini ta’mirlaş va örnatişga doir.

Foto: Moliya vazirligi

Avvalgi mavsumlarda bölganidek, bu safar ham odamlar özlari tölayotgan soliqlardan yiğilgan pullar özlari istagan joyga sarflanişiga erişiş uçun harakat qilişdi. Faollar mahallalarda, jamoat joylarida, ijtimoiy tarmoqlarda tarğibotning turli usullaridan foydalanib, öz takliflariga pul ajratilişi uçun ovoz töpladi. Ayrim joylarda bitta ovoz uçun 5 ming sömdan 10 ming sömgaça tölandi, yana ba’zi mahallalarning vakillari tekin içimliklar ulaşdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Moliya vaziri Timur Işmetovning Twitter'da yozişiça, “Taşabbusli budjet”ning 2-mavsumida Özbekistondagi jami mahallalarning 98 foizi (9201tasi) iştirok etgan.

Vazirga köra, ortda qolgan uç mavsum davomida bildirilgan 100 mingdan ortiq takliflar asosida aholining eng dolzarb muammolarini örganişga yordam beradigan “oçiq ma’lumotlar bazasi”ni şakllantirilmoqda.