Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy şaxslar mol-mulk va yer soliğini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng uluşlarda tölaşi lozim.
Mol-mulk va yer soliğini Soliq mobil ilovasi orqali, şuningdek soliq organi yoki bank bölimlariga borgan holda tölaş mumkin.
Soliq mobil ilovasi orqali tölovni amalga oşirişda:
- ilovadan "Soliqlarni tölaş" bölimi tanlanadi;
- oçilgan oynaga soliq tölovçi jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami (JŞŞIR) kiritiladi;
- jami qarzdorlik va joriy yil uçun tölanişi lozim bölgan soliqlar töğrisidagi ma’lumotlar şakllanadi;
- "Davom etiş" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yeçiladi.
Jismoniy şaxslar my.soliq.uzʼdagi şaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JŞlarning soliştirma dalolatnomalari" bölimidan hisoblangan, tölangan va mavjud soliq qarzdorligi töğrisidagi ma’lumotlarni olişi mumkin.
soliq.uz saytidan öz hududingizdagi qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar uçun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.
- Kimlar mol-mulk soliğidan imtiyozga ega?
- Kimlar yer soliğini tölaşdan ozod qilingan?
- Jismoniy şaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uçun soliq tölaydi?
Reklama huquqi asosida
















