Kuni keça aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yana bir korxona “Özenergosozlaş” MÇJ ma’muriy binosi tom qismiga quyoş fotoelektr stansiyasini örnatiş işlari yakuniga yetkazildi.

30 kVt quvvatga ega uşbu qurilmaning işga tuşişi natijasida yiliga 90 000 kVt soat ekologik toza elektr energiyasi işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.

- Har bir kilovatt elektr energiyasini imkon qadar tejaş tarafdorimiz. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bu yönalişda islohotni avvalo özimizdan boşlaşimiz zarurligini ham yaxşi anglaymiz, - deydi “Özenergosozlaş” MÇJ direktori Umidjon Ibragimov.  

Ma’lumotlarga köra, ayni paytgaça tizim korxonalarida 300 kVt bölgan quyoş fotoelektr panellari, 32 ta çastota özgartirgiç qurilmalar, 138 ta quyoş suv isitgiçlari, 286 ta quyoş panelli yoritiş çiroqlari, 829 ta sensorli yoritiş datçiklari kabi jami 1336 ta energiya tejovçi va muqobil energiya manbalari qurilmalari örnatildi. Natijada 2022 yilning 8 oyida 1,2 mln kVt soatga teng elektr energiyasi va 62 Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqarildi, 140 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişildi.

Hozirda, “Özbekenergota’mir” AJ tomonidan “Farğona IEM” AJda quvvati 1800-2000 kVt va “Sirdaryo IES” AJda quvvati 1200-1500 kVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça işlar olib borilmoqda.

2022 yil yakuniga qadar tizimda jami quyoş fotoelektr stansiyalarining örnatilgan quvvati 3300 kVtga yetkaziladi va natijada yiliga örtaça 8 mln kVt qöşimça elektr energiyasi işlab çiqariladi hamda qariyb 1,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinişiga erişiladi. 

Şuningdek, 2023-2024-yillarda issiqlik elektr stansiyalarning içki hamda yondoş hududlaridagi böş yer maydonlarida 30-40 MVt va undan yuqori quvvatli quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça örganişlar olib borilmoqda. Unga köra, “Sirdaryo IES” AJda 40 MVtli, “Muborak IEM” AJda 30 MVtli, “Töraqörğon IES” AJda 15 MVtli va “Tolimarjon IES” AJda 43 MVtli quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça “Yöl xaritasi” işlab çiqiladi.

Uşbu loyihalarning amalga oşirilişi issiqlik elektr stansiyalarining öz ehtiyojlari va xöjalik ehtiyojlari uçun sarflanayotgan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari hisobidan qoplaş imkoniyatini yaratadi. Natijada yiliga örtaça 200 mln. kVt.soat elektr energiyasi yoki 21,0 mln kub metr tabiiy gaz iqtisodiga erişiladi.