Kun.uz’ga Samarqand şahrida “Matiz” haydovçisi yöl örtasiga köndalang qilib qöyilgan evakuatorga borib urilgani aks etgan videotasvir kelib tuşdi. Ma’lum bölişiça, evakuator YPX xodimi taşabbusi bilan yölni tösiş uçun şunday örnatilgan bölgan.
Hodisa jabrlanuvçisining aytişiça, voqea joriy yilning 17 avgust kuni tungi 02:47larda Şabbod-Zebiniso köçalari çorrahasida sodir bölgan. Harakatlanib kelayotgan “Matiz” haydovçisi juda yaqin qolgandagina yölni köndalangiga tösib turgan evakuatorni payqagan. Haydovçi tormoz bosgan, biroq maşina evakuatorning orqa qismiga urilib, jiddiy zarar körgan. E’tiborlisi evakuator yölning ayni balandlikka kötariliş qismiga qöyilgani bois haydovçi uni körmay qolgan.

Maşina içida bölgan ikki yigit ham turli darajada tan jarohati olgani ma’lum qilindi.
Yölda heç qanday ogohlantiriş belgisi mavjud bölmagan.
Hodisa joyida ikki nafar YPX xodimi şaxsiy “Kobalt” maşinasida turgani aytildi.
Holat böyiça Samarqand viloyati IIB axborot xizmati Kun.uz’ga ma’lumot berdi.
“Uşbu YTH yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. YTH sodir bölgan vaqtda uşbu yölda yöl belgilarini çiziş hamda ta’mirlaş işlari olib borilayotgan bölgan. Hududda YPX inspektori yölni evakuator bilan tösib, harakatni çeklab turgan. Hozirda xodimning harakatiga huquqiy baho beriş maqsadida xizmat tekşiruvi tayinlangan. Qöşimça sifatida aytiş mumkinki, evakuatorga kelib urilgan transport vositasining tezligi belgilangan me’yordan ança baland bölgan. Hozirda uning tezligini aniqlaş maqsadida ekspertiza tayinlangan”, - dedi Samarqand viloyat IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev.

IIB munosabati tabiiy ikkita savolni yuzaga keltirmoqda. Birinçidan, nega oradan bir oy vaqt ötib ham YPX inspektorining xatti-harakatiga qonuniy baho berilmadi? Ikkinçidan, haydovçining tezligi me’yordan ortiq bölgan bölsa nega şu vaqtgaça buni aniqlaşmadi, endi qanday qilib aniqlaşmoqçi?
















