Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Litva oliy o‘quv yurtlari filiallari ochiladi
Toshkentda O‘zbekiston-Litva siyosiy maslahatlashuvlari navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston va Litva Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov va Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiyalar tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyatini jadallashtirish yuzasidan kelishib oldi. 2023 yili Toshkent shahrida komissiya navbatdagi yig‘ilishini hamda uning doirasida biznes-forumni o‘tkazish taklifi bildirildi.
Litva bozoriga O‘zbekistondan turli xil mahsulotlarni, to‘qimachilik va kimyo sanoati tovarlari, qurilish materiallari, mineral o‘g‘itlar, meva-sabzavot va boshqalarni yetkazib berishni tashkil etish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari, shaharlari va hududlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro asnoda transport va bojxona preferensiya va imtiyozlarini taqdim etish, mehnat migratsiyasi oqimlarini diversifikatsiyalash, sayyohlar almashinuvlarini ko‘paytirish bo‘yicha tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalarida tajriba almashish va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish, O‘zbekistonda Litva oliy o‘quv yurtlari filiallarini ochish, mutaxassislar, o‘qituvchilar va talabalar uchun stajirovkalarni tashkil etish masalalarini o‘rganishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:56 / 27.05.2026
Latviya va Litva Rossiya elchilarini chaqirtirdi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
12:23 / 24.03.2026
Litva Belarusdan dron uchib kelganini ma’lum qildi
15:45 / 23.03.2026