Yoqutistonda asosan ayollardan iborat bölgan 400 nafarga yaqin kişi Ordjonikidze maydonida safarbarlikka qarşi norozilik aksiyasi ötkazişdi. Bu haqda SakhaDay xabar bermoqda.
Aksiya yoqutlarning an’anaviy aylana osuoxay raqsi körinişida ötkazildi. Yoş qizlar birinçi bölib qöl uşlaşdi, ularni yoşi katta ayollar qöllab-quvvatladi, şundan söng boşqa namoyişçilar asta-sekin davraga qöşila boşladi. «Uruşga yöq!», «Genotsidga yöq!», «Çiqib ket!» şiorlari yangradi.
Avvaliga politsiya namoyişçilarni tarqalişga undagan, keyin çetga çiqib, ayollarga raqsni davom ettiriş ruxsat bergan. Ammo birozdan söng politsiya aylana raqs markazida paydo bölgan. SakhaDay tomonidan e’lon qilingan videoda ayollarning «Farzandlarimizning yaşaşiga qöyib bering!» degan çaqiriqlar eşitiladi.
Ma’lum vaqt ötgaç, namoyişçilarni hibsga oliş boşlangan, namoyişçilar ularni «Şarmandalik!» deb hayqirib qarşi olişgan. Qança odam hibsga olingani noma’lum.
Yoqutiston Jamoatçilik palatasi rahbari Anjyelika Andreyeva aksiya çoğida şunday bayonot berdi: «Yoqutistonning markaziy maydonida osuoxay raqsi bölib ötmoqda – onalar turmuş örtoqlari va öğillarining tirik qaytişi uçun duo qilmoqda».
Safarbarlikka qarşi namoyişlar 21 sentabr kuniyoq boşlandi. Öşa kuni Rossiya şaharlarida 1300 dan ortiq kişi qölga olingan. 24 sentabr kuni ötkazilgan norozilik aksiyalarida esa, «OVD-Info»ning sönggi ma’lumotlariga köra, 800 dan ortiq kişi qölga olindi.


















