Uşbu maqsad uçun tanlangan asteroid «Dimorf» deb nomlanadi va sayyoramizdan 11 mln kilometr uzoqlikda joylaşgan.
NASA’dagilar ta’kidlaşiça, hozirda «Dimorf»ning orbitasi yerniki bilan kesişmaydi va töqnaşuv uni sayyoramiz tomonga yönaltirmaydi.
Töqnaşuv Grinviç vaqti bilan soat 23:14 ga (Toşkent vaqti bilan 4:14) möljallangan. Jarayonni teleskoplar kuzatib boradi.
Yerni asteroid bilan töqnaşuvdan jasur kosmonavtlar va yadroviy kallaklar yordamida qanday himoya qilişni Hollivud batafsil hikoya qilib bergan. Ammo buni aslida qanday amalga oşiriş mumkin?
NASA mana şuni aniqlamoqçi. Ğoya asteroidga kosmik zond bilan zarba berişdan iborat.
Samo jismi orbitasini özgartiriş va Yer bilan töqnaşuvining oldini oliş uçun uning tezligi va harakat yönalişini salgina özgartiriş yetarli.
«Asteroidni qayta yönaltirişning qöşaloq testi» (Double Asteroid Redirection Test, DART) missiyasi oğirligi 570 kiloli qurilmani diametri qariyb 160 metr va tezligi soatiga 20 ming kilometrdan ortiq bölgan «Dimorf»ga yönaltirib bu nazariyani tekşirib köradi.
Zarba «Didim» deb nomlanuvçi yirikroq asteroid atrofida aylanayotgan uşbu asteroidning orbitasini özgartirişi kerak.

«Dimorf»ga zarba beriş oson bölmaydi. DART nişonni kengligi 780 metr bölgan «Didim»dan töqnaşuvga bir soatça qolganidagina farqlay olişi mumkin.
Söngra navigatsion dasturiy ta’minot kosmik kemani nişonga aniq yönaltiriş uçun uning trayektoriyasini töğrilaydi.
«Yoruğlik tezligi va ulkan masofa sababli kemani Yerdan turib joystik orqali boşqariş şunçaki imkonsiz. Uçuvçiga harakatlaniş uçun vaqt yetişmaydi. Biz kosmik kema olgan tasvirlardan aniq nişonni ajratib beruvçi dasturiy ta’minot işlab çiqişimizga töğri keldi», - deydi NASA’ning DART dasturi iştirokçisi doktor Tom Statler.

«Dimorf»ga yaqinlaşiş jarayonida DART Yerga soniyasiga bittadan tasvir jönatadi. Töqnaşuvdan söng tasvir uzatiş töxtaydi, ammo olimlar zarba oqibatlarini kuzatişni davom ettirişadi.

















