Anjumanda ŞHTga a’zo, şuningdek, AQŞ, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Vengriya singari davlatlarning ekspert va tahlil doiralari 30 nafardan ortiq vakillari qatnaşişi rejalaştirilgan.
Kun tartibi Samarqandda bölib ötgan ŞHT sammiti yakuni, taşkilot doirasida xavfsizlikni ta’minlaş, savdo-iqtisodiy aloqani faollaştiriş, transport-logistika tizimida özaro boğliqlikni kuçaytiriş, madaniy-gumanitar munosabatni mustahkamlaş kabi masalalarini qamrab olgan.
Özbekiston prezidenti sammit doirasidagi nutqida bildirgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yölida Samarqand birdamlik taşabbusiga e’tibor qaratiladi. Ekspertlar taşabbus mohiyati, ahamiyati yuzasidan fikr almaşadi, ğoya amaliy mazmunini boyitiş böyiça tavsiyalar işlab çiqiladi.
ŞHTga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan imzolangan konseptual hujjatlar batafsil körib çiqiladi. Şu va boşqa köplab masalalarni konferensiyaning quyidagi tört mavzusi doirasidagi sessiyalarida körib çiqiş rejalaştirilgan:
1. Samarqand taşabbusi – kelgusi sivilizatsiyalararo muloqot yangi formati;
2. ŞHT mamlakatlari örtasida savdo va transport-logistika tizimidagi boğliqlik yönalişidagi hamkorlik;
3. ŞHT makonida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş jihatlari;
4. Madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlaş – döstlik, hamjihatlik va barqaror rivojlaniş garovi.












