Festivaldan ko‘zlangan maqsad Qoraqalpog‘istonda, xususan, Mo‘ynoq tumanida o‘ziga xos bo‘lgan gastronomik turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, hududda madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar sonini ko‘paytirish va bu orqali hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar sonini yanada ko‘paytirish bilan izohlanadi.

Tadbir davomida mahalliy oshpazlarning baliqdan taomlar tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, oshpazlar o‘rtasida bellashuv, mahalliy hunarmandlar ko‘rgazmalari, milliy estrada va folklor ijrochilari, milliy raqs ansambli tomonidan konsert dasturi va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi hamda musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.