O‘zbekiston | 10:54 / 29.09.2022
5809
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘chmas mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha rad etilgan arizalar soni ochiqlandi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun jami 252 547 ta ariza qabul qilingan, shundan 171 165 tasi ijobiy hal etilgan. Bu haqda Davlat kadastrlar palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yo‘ldosheva ma’lum qildi.

Munojat Yo‘ldosheva

Joriy yil iyul oyidan hozirgi kunga qadar, ya’ni uchinchi chorak yakunlari bo‘yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda respublika bo‘yicha jami 252 547 ta arizalar qabul qilingan bo‘lib, shundan 171 165 tasi ijobiy hal etilgan, 49 412 tasi - 19 foizi mulkdor ixtiyori bilan bekor qilingan va asoslantirilgan holda rad etilgan, 31 970 tasi ish jarayonida.

Shundan 35 171 tasi noturar, 135 994 tasi turar joylarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Sub’yektlar kesimida - 149 692 ta jismoniy shaxslar nomiga va 21 473 ta yuridik shaxslar nomiga huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bevosita kadastr organlari tomonidan arizalar qabul qilinishi bekor qilingan bo‘lib, ular quyidagi tartibda qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan:

davlat xizmatlari markazlari orqali 101 661 ta arizalar qabul qilingan;
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 23 677 ta murojaatlar qabul qilingan;
notarial bitimlar asosida huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda notarial idoralar orqali 77 110 ta arizalar kelib tushgan.

Qurilishi yoki rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 27 485 ta murojaatlar qabul qilingan. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 17 736 ta yer uchastkalari davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.         

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid