1 oktyabrdan soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq to‘lovchilar ro‘yxati e’lon qilinadi
2022 yil 1 oktyabrdan davlat xaridlari bo‘yicha o‘tkaziladigan elektron savdo va tenderlarda teng raqobat muhitini yaratish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari oldini olish maqsadida qator choralar ko‘riladi.

Foto: Fotolia
Hukumat qaroriga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi soliq xavfi yuqori deb baholangan soliq to‘lovchilar ro‘yxatini o‘z saytida joylashtiradi, Davlat soliq qo‘mitasi saytida joylashtirilgan soliq to‘lovchilar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri”ga kiritiladi.
2022 yil 1 noyabrdan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchilar soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq xavfini tahlil qilish ayrim davlat organlari va tashkilotlari mavjud axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazalaridan avtorizatsiya huquqi asosida foydalangan holda, real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini real vaqt rejimida taqqoslash va soliq solish bazasini kengaytirish imkonini beradigan Davlat soliq qo‘mitasining «Tashqi manba-2» dasturiy kompleksini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.
Dasturiy kompleksni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat soliq qo‘mitasi Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilik hujjatlari axborot xavfsizligiga rioya etishga doir talablarini hisobga olgan holda, o‘z axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasidan Davlat soliq qo‘mitasiga avtorizatsiya huquqi asosida soliq to‘lovchilar soliq majburiyatlarini aniqlash hamda soliq xavfini tahlil qilish uchun real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Mavzuga oid

15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi

11:36 / 12.12.2024
Zargarlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi mumkin

10:26 / 17.03.2023
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

10:14 / 13.01.2023