«Davlat xizmatlari yangiliklari» kanalida yozilishicha, unga muvofiq endi qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlari nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno) davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘imlar undirilmasligi belgilandi.
Senatning «Toshkent viloyati Zangiota, Yuqori Chirchiq, O‘rta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahri Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi qarori bilan Toshkent viloyati bir qator aholi punktlari Toshkent shahriga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yashovchi aholi mazkur qulaylikdan foydalanishi mumkin.
Bildirilishicha, bir tuman yoki shahar ma’lum bir qismining ikkinchi tuman yoki shaharga qo‘shilishi yoki yangi tuman/shahar shaklida tashkil etilishi, kelgusida ushbu hududlarda yashovchi aholi yashash manzili nomiga va kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish zaruratini yuzaga keltiradi.
O‘z navbatida, fuqarolar mavjud kadastr hujjatlarini yangisiga almashtirishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ma’lum bir to‘lovlarni amalga oshirgan.















