Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘quv-tajriba xo‘jaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • tashkil etilayotgan o‘quv-tajriba xo‘jaliklari uchun 279 gektar yer maydoni ajratish;
  • ushbu yerlarni 30 yil muddatga ijara huquqida berish;
  • ushbu yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va yetishtirishni tashkil etish, monitoring qilish ilmiy asoslangan usullarini qo‘llash;
  • spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Hujjat 1 089 gektar sug‘orilmaydigan yer maydonlarini Chimboy tuman hokimligi (Qoraqalpog‘iston) zaxirasiga qaytarish va keyinchalik ochiq elektron tanlov asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratishni ko‘zda tutadi.