30 sentabr kuni xalqaro akkreditatsiyaga ega IAF-United registrar of sistem kompaniyasi tomonidan ISO/IEC 27001:2013 xalqaro standarti sertifikati BMT Taraqqiyot dasturi, şuningdek, SMS SYSTEMS konsalting kompaniyasi iştirokida Adliya vazirligiga tantanali ravişda topşirildi.
Bundan qanday natijalar kutilmoqda?
Rasmiy relizga köra, xalqaro standartlarga muvofiq boşqaruv tizimini joriy etiş natijasida xodimlar örtasida axborotni muhofaza qiliş hamda ma’lumot olişda ortiqça vaqt sarflanişining oldi olinadi.
Bundan taşqari, axborot xavfsizligi menejment tizimining joriy qilinişi tizimlarning işdan çiqişi, notöğri foydalanişdan himoya qiliş yoki xavfni kamaytirişga xizmat qiladi.
Eng asosiysi, aholiga körsatiladigan davlat xizmatlari sifatini oşiriş, axborot maxfiyligi va işonçliligi oşişi nazarda tutilgan.
Sertifikat oliş uçun Adliya vazirligi nimalar qildi?
Bu yönalişdagi ilk qadamlar 2020 yilda taşlangan bölib, Adliya vazirligining axborot xavfsizligi yuzasidan yagona siyosati işlab çiqilgan. Şunga köra, Tarmoq infratuzilmasi va tarmoqlararo ekranlaş darajasida axborot xavfsizligi ta’minlangan.
Ma’lumotlarni qayta işlaş markazi standart talablarida belgilangan normalar böyiça takomillaştirilgan. Şuningdek, server va kompyuterlarga litsenziyalangan operatsion tizimlar örnatilgan.
Xodimlarni axborot xavfsizligi siyosatidan xabardor qilişga bağişlangan öquv seminarlar taşkil qilingan.
Bu yönalişdagi tajribani mustahkamlaş maqsadida 10 nafar vazirlik malakali mutaxassislari “CERT Academy” trening markazi tomonidan taşkil etilgan ISO/IEC 27001:2013 xalqaro standarti böyiça öquv treningini muvaffaqiyatli yakunlab, tegişli sertifikatlarga ega bölgan.
Bundan taşqari, axborot xavfsizligi xavflari reyestri şakllantirilib, axborot xavfsizligi boşqaruv tizimi bilan boğliq taşqi va içki omillar hamda jarayonlarning samaradorlik körsatkiçlari belgilab olingan.
Adliya vazirligi markaziy apparati va 5 ta pilot hududlardagi adliya boşqarmalari hamda tuman adliya bölimlarida ISO/IEC 27001:2013 standart talabiga asosan içki audit ötkazilgan.


















