O‘zbekiston | 12:38 / 02.10.2022
10319
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Katta tezlikda harakatlangan Nexia o‘zidan oldinda ketayotgan Damas mashinasining orqa qismidan urib yuborgan. Oqibatda Damas ag‘darilib, uning yo‘lovchisi halok bo‘lgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 sentabr kuni A-378 Samarqand-G‘uzor avtomobil yo‘lining Nurobod tumani hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Nexia mashinasi katta tezlikda harakatlangan va oraliq masofani saqlamagan holda o‘zidan oldinda ketayotgan Damas mashinasining orqa qismidan urib yuborgan.

Oqibatda, Damas yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan va unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida sodir bo‘lgan YTHda yuk mashinasi urib yuborgan 10 yoshli bola halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid