Tumanning “Oqqo‘rg‘on” MFYda joylashgan “Quvnoq Farangiz” Fermer xo‘jaligiga qarashli dalada 80 nafarga yaqin mahalliy aholi vakillari paxta termoqda. Dilorom Yo‘ldosheva terimchilar orasida eng chaqqonlaridan biri ekan.


“Bir kunda 150-200 kilogrammgacha paxta teryapman. Avval hokimiyat tizimida ishlaganman. Tashkilotlarga gul tarqatish bilan shug‘ullanar edik. Paxta terayotganlar orasida pensiya yoshiga yetgan ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi.


Pullarimizni har 3-5 kunda berib turibdi. 2-3 Fermer xo‘jaliklari rejasini to‘ldirdik. Ko‘p terganimiz uchun mukofotlar tarqatilyapti.
Yaratganga shukr, bir kunda 200 ming so‘mdan oshiqqa ishlayapman. Bir oiladan ikki-uch nafar terimchi chiqsa 300 mingdan 500 ming so‘mgacha pul topishyapti.
Har kuni ertalab soat 6:30-7:00 larda dalaga kelib kechki payt 17:30-18:00larda uyga qaytamiz. Bu vaqt orasida 200, ayrimlar esa 250 kilogrammgacha paxta teradi.




Paxta hosili yaxshi bo‘lgani uchun terimda qiyinchilik bo‘lgani yo‘q. Orada ikki martadan ovqatlanamiz. Yoshlikdan mehnatda chiniqqanmiz. Shuning uchun ham shu yoshga kirgan bo‘lsam-da terim ishi unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Olgan pullarimni yaxshi niyatlarda to‘ylarga sarf qilmoqchiman. Eng avvalo zamonimiz tinch bo‘lsin. Hamma niyat-maqsadiga yetsin. Haj ziyoratlariga borishni niyat qilib turibman. Mehnat ortidan mablag‘ yig‘ib nasib qilsa boramiz.



















