Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu-Dabi va Dubaydagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari tashkil etiladi
Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy safar bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston «Hunarmand» uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Sheikh Zayed Grand Mosque majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan «Shayx Zoyid» festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.
Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Precise group kompaniyalar guruhi prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniya esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda, Precise group kompaniyasiga tegishli savdo maydonida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konini tashkil etishga to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026