Toşkentda Özbekiston va Fransiya Taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar 13-raundi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Xorijiy delegatsiyaga Fransiya Yevropa va taşqi işlar vazirligi kontinental Yevropa departamenti direktori örinbosari Silven Giyoge rahbarlik qildi.
Muzokaralar çoğida Özbekiston va Fransiya örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi munosabatlar holati va ularni rivojlantiriş muhokama qilindi.
Joriy yil noyabr oyida Parijdagi Luvr muzeyida oçiladigan «Markaziy Osiyo uluğvorligi. Özbekiston karvon yöllarida» va Arab dunyosi institutida taşkil etiladigan «Kaftanlar va çoponlar» körgazmalariga e’tibor qaratildi.
Tibbiyot, ta’lim yönalişlaridagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, şuningdek, ilmiy muassasalar va bilim yurtlari örtasida aloqalarni yölga qöyişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.
Amaldagi va muhim ahamiyatga ega hujjatlar orqali ikki tomonlama hamkorlik şartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

















