1 oktyabr kuni keçqurun «Toşkent-Öş» avtomobil yölining 293-kilometrida Cobalt maşinasi traktorga urilişi oqibatida 2 kişi vafot etdi. Namangan YHXB matbuot xizmati xabar berişiça, Toşkent—vodiy yönalişida ketayotgan Cobalt haydovçisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, özidan oldindagi traktorga borib urilgan.
Oqibatda Cobalt’da bölgan ikki nafar yölovçi oğir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovçi va ikki yölovçi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, holat böyiça Pop tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Namangan viloyati miqyosida YHXB mas’ullari tomonidan traktor haydovçilari örtasida tuşuntiriş işlari olib borilib, tungi vaqtda yoritiş çiroqlari va nur qaytargiçlar soz holda harakatlaniş böyiça qat’iy nazorat qilinmoqda.

















