“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi davlat xizmatini körsatuvçi sub’yekt hisoblanadi.

Bunda, murojaatlar Davlat xizmatlari markazi va YaIDXP - my.gov.uz orqali qabul qilinadi. Xizmatdan jismoniy şaxslar foydalanişi mumkin.

Davlat xizmatlarini körsatiş uçun tölanadigan yiğim miqdori: 6 000 söm (BHM 2,0 foizi). Davlat xizmati körsatilişi uçun YaIDXP orqali murojaat etilganda yiğim summasining 90 foizi undiriladi.

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatga olingan şaxslarga, şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat xizmati körsatilişi uçun belgilangan yiğim 50 foizi miqdorida çegirma qöllaniladi. Arizani körib çiqiş muddati – real vaqt rejimida.

Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 iyundan boşlab davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat taşkilotlari va muassasalari, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aholidan ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma’lumotnoma talab qilinmaydi.