Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan ayrim yuridik şaxslarni taşkil etiş va tugatişga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida” qarori qabul qilindi.
Özbekiston hududida faoliyat körsatadigan yuridik şaxslar birlaşmalarini, advokatlik tuzilmalarini hamda uy-joy mulkdorlari şirkatlarini davlat röyxatidan (qayta röyxatdan) ötkaziş davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş avtomatlaştirilgan tizimi orqali amalga oşiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- davlat organlari va muassasalarini davlat röyxatidan ötkaziş va davlat organlarini tugatiş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- yuridik şaxslar birlaşmalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- advokatlik tuzilmalarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti;
- uy-joy mulkdorlari şirkatlarini davlat röyxatidan ötkaziş böyiça davlat xizmatini körsatiş ma’muriy reglamenti.
Davlat röyxatidan ötkaziş uçun yuridik şaxslar davlat xizmatlari markazlariga ariza bilan murojaat qiladi, sörovnomani töldiradi. Arizaga ta’sis etiş töğrisidagi hujjatlarni (ustav, yiğiliş bayonnomasi), davlat boji tölangani töğrisida kvitansiyani ilova qiliş zarur.
Qarorda ariza şakllari, sörovnomalar, arizani körib çiqiş sxemalari körib çiqiş va röyxatdan ötkaziş vaqtlari körsatilgan holda keltirilgan.
Hujjat bilan tadbirkorlik sub’yektlari bölmagan ayrim yuridik şaxslarning davlat reyestrini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Davlat organlarini yuridik şaxs sifatida tugatiş normativ-huquqiy hujjatlar yoki vakolatli davlat organlari hujjati (qaror, buyruq va hokazo) asosida amalga oşiriladi. Tadbirkorlik sub’yekti bölmagan yuridik şaxslarni ixtiyoriy tugatiş töğrisida qaror ta’sis hujjatlarida bunga vakolat berilgan yuqori turuvçi organ tomonidan qabul qilinadi.
Qarorda quyidagi ma’lumotlar körsatiladi: tugatilayotgan yuridik şaxs töğrisidagi ma’lumotlar; tugatuvçi haqidagi ma’lumotlar; yuridik şaxsni tugatiş sababi va möljallanayotgan tugatiş muddati.
Yuridik şaxslarni tugatiş böyiça soliq organlari, davlat statistika organlari, Majburiy ijro byurosi bölinmalari hamda tijorat banklari bilan özaro ma’lumot almaşiniş tadbirkorlik sub’yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş va hisobga qöyiş avtomatlaştirilgan tizimi vositasida amalga oşiriladi.












