Vazirlar Mahkamasining “Toşkent şahrida zamonaviy gul boğini taşkil etiş işlarini jadallaştiriş çoralari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident qaroriga muvofiq madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy şeriklik şakllari hamda taşabbuskorlarni tanlov asosida aniqlaş joriy etilgan. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Toşkent şahri har bir tumanida attraksionlardan xoli bölgan kiçik istirohat boğlarini barpo etiş belgilangan.

Toşkent şahar, Yunusobod tumanidagi 6,0 gektar yer maydonida joylaşgan sobiq Astronomiya parki örnida taşabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda zamonaviy gul boğini taşkil etiş böyiça loyiha taklifi işlab çiqilib, ma’qullangan.

Toşkent şahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligining Yunusobod tumani, Astronomiya köçasidagi 6,0 gektar yer maydonida joylaşgan sobiq Astronomiya va aeronavtika boği örnida zamonaviy gul boği barpo etiş loyihasini amalga oşiriş maqsadida tadbirkorlik sub’yektlarini oçiq tanlov ötkaziş asosida aniqlab, jalb qiliş töğrisidagi taklifi ma’qullanadi.

Belgilanişiça:

a) gul boği hududi oçiq tanlov ğolibiga gul boğini barpo etiş va saqlaş majburiyatlarini öz mablağlari hisobidan amalga oşiriş şartlarida 30 yil muddatga ijaraga beriladi;

oçiq tanlov ötkazişda davlat şerigi etib – Toşkent şahar hokimligi belgilanadi;

b) gul boğini taşkil etiş böyiça tanlov şartlari etib:

dunyo ilğor tajribalari asosida zamonaviy gul boğini barpo etiş böyiça loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqib, quriliş va obodonlaştiriş işlarini öz mablağlari va jalb qilingan mablağlar hisobidan amalga oşirib, 2023 yil 2-çoragida tugallaş;

tematik parklarni quriş va saqlaş hamda xizmat körsatiş böyiça ilğor xorijiy va mahalliy tajribani joriy etiş orqali gul boğini ommalaştiriş va aholini hamda mehmonlarni keng jalb qiliş böyiça aniq marketing rejalarini taqdim etiş;

v) ijara şartnomasi muddati tugaganidan söng, investitsiya loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy gul boği obekti normal eskirişini inobatga olgan holda davlat şerigiga beğaraz asosda topşiriladi.

Toşkent şahar hokimligi: