Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan ham qatnaşdi.

Tadbirda kelgusi haftada Ostona şahrida bölib ötadigan MDH Davlat rahbarlari kengaşi navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan boğliq dolzarb masalalar körib çiqildi.
Köp tomonlama hamkorlik va mintaqaviy şeriklik muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Şu bilan davlat rahbari Rossiyaga amaliy taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi.

















