Içki işlar organi rahbarlari odamlar oldiga çiqib, xodimining harakatlari uçun javob berişga majbur bölişdi.

Kun.uz manbalarining aytişiça, audioda alohida “hurmat” bilan tilga olingan köplab oqqörğonliklar oğzibotir xodimni izlab uning uyigaça borişgan.

Sökonğiç xodimni topib berişni sörab Oqqörğon IIBga borgan odamlar.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Internetda uni otga sudratib jazolaşni taklif qilganlar paydo bölgan. Yigitning onasi öğlining beparda sözlari uçun jamoatçilikdan uzr söradi.

Köp ötmay Toşkent viloyati hokimligi hammamizni böralatib sökkan yigitning videosini tarqatdi. U axloqsiz qilmişi uçun xalqdan yiğlab keçirim sörarkan, öşa paytda mast holatda bölganini aytadi.

“Öşa paytda men mast holatda edim. Jahlim çiqib har xil sözlar bilan haqoratladim. Nimalar deganimni özim ham bilmayman. Butun Oqqörğon aholisidan, Özbekiston aholisidan bir umr keçirim sörayman. Bu işlarimdan puşaymonman. Ota-onamdan ham keçirim sörayman”, degan u.

Beparda sözlar bilan oqqörğonliklar va butun özbekistonliklarni haqorat qilgan sobiq profilaktika inspektori Abbos Sulaymonov.
Foto: Videodan skrinşot.

Biroq audioda erkakning gapiriş ohangi mast odamnikiga öxşamaydi. Aftidan u olomonning ğazabidan qutulib qoliş uçungina şu bahonani öylab topgan yoki unga bu gapni kimdir örgatgan.

Holat yuzasidan bayonot bergan Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmasi boşliğining matbuot kotibi Bobur Tölaganov butun özbekistonliklarni haqorat qilgan şaxs 2022 yilda profilaktika inspektori lavozimiga işga qabul qilinganini tasdiqladi. Ma’lum bölişiça, 30 yoşdagi xodim köp ötmay xizmat faoliyati davomida özini salbiy tomondan körsatgan, şu bois içki işlar xodimi degan nomga noloyiqligi va noörin xatti-harakatlari sababli 30 avgust kuni içki işlar organlaridan böşatilgan.