“Qonunga asosan sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘l­gan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning mamlakatimizdan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘­risida qaror chiqarishga haqli.

Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslar, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qo‘riqlash organlarini qarzdor jismoniy shaxsning mamlakatimizdan chiqishga oid cheklovi olib tashlanganligi to‘g‘risida yoz­ma ravishda xa­bardor qiladi.

Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim. Biroq amaliyotda ayrim davlat ijrochilari ushbu qo­nun talablarini noto‘g‘ri tal­q­in qilgan holda ij­­­ro hujjati bo‘yicha qar­z­i yo‘q­ va aliment to‘lash­dan bo‘­­yin tovlamagan aliment to‘lovchi shaxslarga ham mamlakatimizdan chetga chiqishda sun’iy cheklov qo‘yishdek salbiy holatlar uchrab turibdi. Ular bundan norozi bo‘lib, ma’muriy sudlarga murojaat qilganda ularning talablari rad etilayotganidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi”, deya Aziz Obidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, ma’muriy sudlar tomonidan 2022 yilning birinchi yarmida 7 704 ta, xususan, davlat ijrochisining aliment to‘lovchi shaxs­ni mamlakatimizdan chiqishini vaqtincha cheklash haqidagi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi ishlar ham ko‘rib chiqilgan.

Aziz Obidov Foto: AOKA

Oliy sud mulozimi voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, shaxs aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etilishi, alimentlarni oldindan to‘­lash, shuningdek aliment to‘­lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini aytmoqda.