Soğliqni saqlaş vazirligining ma’lum qilişiça, 12 oktabr kuni Yakkasaroy tumanining Bobur köçasida joylaşgan xonadonlarning biridan tez tibbiy yordam xizmatiga çaqiriq kelib tuşgan. Şundan söng şifokor B.M. va feldşer ayol J.I.dan iborat «103» brigadasi çaqiriq manziliga yetib borib, bemor B.J.ga tibbiy yordam körsatgan.
Biroq ahvoli öta oğir bölganligi sababli B.J.ni zudlik bilan şifoxonaga olib ketişga qaror qilingan. SSVga köra, bemorni transportirovka qiliş çoğida uning öğli asosli sabab bölmasada, tibbiy brigada xodimlari bilan tortişib, qöl kötariş darajasigaça borgan.
«Oqibatda feldşer J.I. kökrak qafasiga zarba olgan va ahvoli yomonlaşgan. Şunga qaramay, tibbiy brigada öz xizmat burçiga mas’uliyat bilan yondaşib, çaqiriqni yakunlagan, ya’ni bemorni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining qabul bölimiga olib borgan. Şundan söng «103» feldşeri J.I. mazkur şifoxonaning xirurgiya bölimi şok zaliga «Kökrak qafasining yopiq jarohati» taşxisi bilan yotqizilgan.
Hozir feldşer J.I. mazkur bölimning intensiv palatasida tegişli davo muolajalarini olmoqda. Ahvoli örta oğirlikda», - deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi bayonotida.
Şuningdek, vazirlik tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir etilişiga nisbatan doimo murosasiz munosabatda bölişini, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilişi uçun barça zarur çoralarni körişini bildirgan.
Boş prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, holat yuzasidan yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Suriştiruv natijalari böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi. Suriştiruv harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan» – deyiladi rasmiy bayonotda.

















