Yevropa komissiyasi (YeK) Yevropa ittifoqi kengaşiga Bosniya va Hersegovinaga (BvH) Yevropa ittifoqiga nomzod maqomi berilişini tavsiya qildi. Bu qaror mamlakatda tub islohotlar ötkazilişiga umid bilan boğliq, dedi 12 oktyabr, çorşanba kuni Yevropa ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel. Uning qöşimça qilişiça, Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy tajovuzkorligi Yevropa ittifoqining kengayişiga «yangi geosiyosiy turtki» berdi. Öz navbatida, Yevropa ittifoqining qöşniçilik va kengayiş siyosati böyiça komissari Oliver Varxeyi Yevropa qit’asidagi «tinçlik, barqarorlik, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka qaratilgan geostrategik sarmoyalar» haqida gapirdi.
Yevropa ittifoqi kengaşi joriy yilning dekabr oyida Bosniya va Hersegovinaga nomzod maqomini beriş yoki bermaslik töğrisida qaror qabul qilişi kutilmoqda.
Bosniya va Hersegovina 2016 yilda Yevropa ittifoqiga a’zo böliş uçun ariza topşirgan. Albaniya, Çernogoriya, Şimoliy Makedoniya va Serbiyaning Yevropa ittifoqiga qöşiliş jarayonini baholagan Yevropa komissiyasi uşbu mamlakatlarni qonun ustuvorligi, jinoyatçilikka qarşi kuraş va fuqarolik erkinliklarining turli jihatlarida muvaffaqiyatga erişişga çaqirdi. Turkiyaning qöşiliş istiqbollariga nazar taşlar ekan, YeK davlatning demokratiya, qonun ustuvorligi va asosiy huquqlar kabi sohalardagi «salbiy tendensiyalarni» yengib ötişi kerakligini ta’kidladi.
Iyun oyida Ukraina va Moldova tezlaştirilgan a’zolik uçun ariza berib, YeI a’zoligiga nomzod sifatida qabul qilingan edi. Gruziya ham xuddi şunday ariza yuborgan, biroq unga faqat «Yevropa istiqboli» maqomi berilgan. Yevrokomissiya Tbilisiga Yevropa integratsiyasi yölida keyingi taraqqiyot uçun 12 mezondan iborat röyxatni yubordi.
Jozep Borrel avvalroq Gruziya sud-huquq tizimini isloh qilişda, şuningdek, qonun ustuvorligi va ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasida köproq harakat qilişi kerakligini aytgan edi. Uning ta’kidlaşiça, mamlakatda Yevropa ittifoqiga qöşiliş böyiça milliy konsensusga erişilişi va Gruziyaning butun siyosiy spektri YeIga integratsiya jarayoniga jalb etilişi kerak. Borrel bu vazifalarni amalga oşiriş uçun asosiy mas’uliyatni hukmron «Gruziya orzusi» partiyasiga yukladi.
Bugungi kunga qadar Yevropa ittifoqiga a’zolikka rasmiy nomzodlar - Ukraina, Moldova, Albaniya, Şimoliy Makedoniya, Serbiya, Çernogoriya va Turkiyadir. Bu mamlakatlarning heç biri uçun Yevropa ittifoqiga kiriş muddatlari aniqlanmagan.

















