Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh odamlar Qozoğistonning Turkiston viloyati hokimi Darxon Sotiboldi bilan uçraşuvga kelgani aytilayotgan video keng tarqaldi.

Odamlar oldida turgan kişi: «Bizga hokim emas, xon keldi. Xondan tiz çökib söraşimiz kerak. Şuning uçun, ta’zim qiling, heç bölmaganda oldimizga çiqsin», deydi.

Şundan söng 50 ga yaqin kişi, asosan keksalar, ayollar: «Yo hazrati xon!», deb tiz çökadilar.

Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, videodagilar Şardara, Tölebiy, Jyetisoy, Maqtaral va Ördabasi tumanlari dehqonlaridir. Ular paxta narxi masalasini hal qilişda yordam sörab, hokim huzuriga kelişgan.

«21 sentabr kuni hokim yiğiliş ötkazdi, dehqonlar bilan uçraşdi. Agar paxtani qayta işlaş korxonalari va xaridorlar 1 tonna paxta narxini 180 ming tengega baholagan bölsa, muzokaralar çoğida 250 ming tenge qilib tasdiqlandi. Ayni paytda 209 ta paxta qabul qiliş punkti va 22 ta paxtani qayta işlaş korxonasi faoliyat körsatmoqda. Biroq, bu sohada e’tiborga oliş kerak bölgan bir muammo bor — paxtani qayta işlaş korxonalari xususiy bölgani uçun mahalliy ijro hokimiyati organlari aralaşa olmaydi», - deyiladi hokimlik xabarida.

Şu bois viloyat hokimligi tomonidan Qozoğiston qişloq xöjaligi vazirligiga paxta yetiştiruvçilarga subsidiyalar ajratiş böyiça taklif yuborilgan.

Bundan taşqari, dehqonlar yer bilan boğliq muammo yuzasidan ham şikoyat qilişgan. Hokimlik vakillari bunday nizolar sudda hal qilinişi böyiça tuşuntiriş berişgan.

Hozirda viloyatda vaziyat barqaror, deb qöşimça qildi Turkiston viloyati hokimligi matbuot xizmati.